Grafik & Web Dizayner

30.07.2026
500 - 800 / месяц
Вакансия истекает: 09.08.2026
Откликнуться

Описание вакансии

4Prep marketing jamoasiga tajribali Grafik va Web Dizayner qidirmoqdamiz.

Agar siz kreativ fikrlaydigan, zamonaviy dizayn yechimlarini yarata oladigan va marketing jamoasi bilan birgalikda kuchli vizual kontent ishlab chiqishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.

Talablar:

— Kamida 2 yillik Grafik va Web Dizayner sifatidagi ish tajribasi.
— Figma'ni professional darajada bilish.
— Adobe Photoshop va Illustrator bilan erkin ishlay olish.
— Landing page va web sahifalar dizaynini mustaqil yaratish tajribasi.
— Instagram uchun karusel, cover, banner va boshqa marketing materiallarini tayyorlay olish.
— Tipografiya, kompozitsiya, grid tizimi, ranglar nazariyasi va vizual ierarxiyani yaxshi bilish.
— Brend identikasi va vizual uslubini chuqur tushunish hamda barcha dizaynlarda yagona standartni saqlay olish.
AI vositalari (ChatGPT, Firefly, Midjourney, Nano Banana va boshqalar) bilan samarali ishlay olish.
— Vazifalarni belgilangan deadline asosida o'z vaqtida va sifatli yakunlash.
— Kuchli estetik did, tafsilotlarga e'tibor va yuqori vizual saviyaga ega bo'lish.
— Marketing, dizayn va ijtimoiy tarmoqlardagi trendlarni muntazam kuzatib borish.
— Jamoaning kreativ rivojlanishiga hissa qo'sha olish, yangi g'oyalar taklif qilish va ularni amaliyotga tatbiq etishda faol ishtirok etish.
— Mas'uliyatli, tashabbuskor va jamoa bilan samarali ishlay olish.

Qo'shimcha ustunlik:
— Motion Design va oddiy animatsiyalar yaratish tajribasi.
— UI/UX prinsiplari bo'yicha bilim.
— Ta'lim (Education) yoki Marketing sohasidagi loyihalarda ishlagan bo'lish.

📌 Muhim: Portfolio yuborish majburiy!
Nomzodning dizayn sifati, kreativ fikrlashi, vizual didi va muammolarga kreativ yechim topish qobiliyati portfolio orqali baholanadi.