AI/LLM muhandisi va Frontend (UI/UX) dasturchi

14.10.2026
700 ₽ - 1 000 ₽ / месяц
Вакансия истекает: 25.10.2026
Откликнуться

Описание вакансии

AI/LLM muhandisi va Frontend (UI/UX) dasturchi

Biz sun'iy intellekt asosidagi veb-mahsulot yaratayotgan yosh texnologik startapmiz. Hozirda mahsulotni noldan qurishda bevosita ishtirok etadigan, qarorlarga ta'sir ko'rsata oladigan va kompaniya bilan birga o'sadigan kichik, ammo kuchli asosiy jamoani shakllantirmoqdamiz.

(Eslatma: Ushbu e'lon orqali jamoamizga bir vaqtning o'zida ikkita turli mutaxassis qidirilmoqda. Quyidagi talablar asosida o'zingizga mos yo'nalish bo'yicha murojaat qilishingiz mumkin).

Asosiy vazifalar:

AI/LLM muhandisi yo'nalishi uchun:

— Mahsulot ichidagi AI agentni noldan loyihalash va ishlab chiqish.

— LLM modellarini (OpenAI, Anthropic, Google va boshqalar) API orqali mahsulotga integratsiya qilish.

— Promptlar, agent ish oqimlari (workflow) va vositalar bilan ishlash (tool / function calling) mantig'ini yaratish.

— Agent javoblari faqat tasdiqlangan ma'lumotlarga asoslanishini ta'minlash hamda to'qima (hallucination)

— Test to'plamlari, metrikalar va avtomatik tekshiruvlar orqali javoblar sifatini o'lchaydigan baholash (evaluation) tizimini yaratish.

— Model xarajatlari (token sarfi), javob tezligi va barqarorligini kuzatish hamda optimallashtirish.

— Yangi modellar va yondashuvlarni sinab ko'rish, natijalarni jamoaga taqdim etish.

— Data scientist, frontend dasturchi va texnik rahbar bilan yaqin hamkorlikda ishlash.

Frontend dasturchi (UI/UX) yo'nalishi uchun:

— React va TypeScript asosida veb-ilova interfeysini ishlab chiqish.

— Tayyor komponentlar kutubxonasi (shadcn/ui yoki shunga o'xshash) asosida mahsulot uchun yagona dizayn tizimini yaratish va yuritish.

— Barcha qurilmalarda (mobil, planshet, kompyuter) to'g'ri ishlaydigan moslashuvchan (responsive) interfeys yaratish.

— AI agent bilan ishlash interfeysini loyihalash va yaratish (javoblarni real vaqtda ko'rsatish/streaming, foydalanuvchi tomonidan tekshirish va tahrirlash).

— Interfeysning barcha holatlarini (bo'sh, xato, yuklanish) loyihalash va amalga oshirish.

— Backend API bilan integratsiya qilish va holat (state) boshqaruvini tashkil etish.

— Sahifalar tezligi va qulayligini (accessibility) ta'minlash.

— Foydalanuvchilar fikr-mulohazalari asosida interfeysni tez takomillashtirish.

— Komponentlar uchun testlar yozish va kod sifatini saqlash.

— AI muhandisi va texnik rahbar bilan yaqin hamkorlikda ishlash.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

AI/LLM muhandisi uchun:

— Python bo'yicha kuchli bilim.

— LLM API'lari bilan amaliy tajriba (kamida bitta to'liq ishlaydigan yoki ishga tushirilgan loyiha).

— Prompt engineering, function calling va RAG tamoyillarini chuqur tushunish.

— Vektor ma'lumotlar bazalari (pgvector, Pinecone, Qdrant yoki shunga o'xshash) bilan ishlash tajribasi.

— REST API, JSON va Git bilan ishlash ko'nikmasi.

— Ingliz tilidagi texnik hujjatlarni erkin o'qiy olish.

Frontend dasturchi (UI/UX) uchun:

— React va TypeScript bo'yicha kuchli bilim.

— HTML, CSS va zamonaviy JavaScript (ES6+) ni chuqur bilish.

— Tailwind CSS bilan ishlash tajribasi.

— Figma'da maket va prototip tayyorlash ko'nikmasi.

— UX/UI tamoyillarini bilish; tipografiya, kompozitsiya va rang bo'yicha yaxshi did.

— REST API, asinxron so'rovlar va Git bilan ishlash tajribasi.

— Majburiy talab: Ham dizayn, ham kod namunalarini o'z ichiga olgan portfolio taqdim etish (GitHub yoki ishlab turgan saytlar).

Qo'shimcha ustunlik beruvchi ko'nikmalar:

— AI/LLM yo'nalishi uchun: LangChain, LlamaIndex, LangGraph freymvorklari bilan ishlash; LLM javoblarini baholash (evals) tizimlarini qurish tajribasi; TypeScript / Node.js bilan tanishlik; GitHub'dagi shaxsiy AI loyihalari.

— Frontend yo'nalishi uchun: shadcn/ui, Radix; Vite, React Router, TanStack Query; Vitest, Testing Library yoki Playwright bilan test yozish tajribasi; AI yoki chat interfeyslarini hamda dizayn tizimlarini yaratish tajribasi; Ingliz tilini bilish.

Biz taklif qilamiz:

— Startapning asosiy jamoasida ishlash va mahsulotni noldan qurish imkoniyati.

— Byurokratiyasiz, qarorlar tez qabul qilinadigan muhit.

— Zamonaviy texnologiyalar va sun'iy intellekt bilan amaliy ishlash.

— Kompaniya o'sishi bilan birga kasbiy va lavozim bo'yicha o'sish.

Ish sharoitlari va boshqa muhim ma'lumotlar:

— Bandlik turi: To'liq stavka.

— Ish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha.

— Maosh: 700 $– 1 000$ (nomzodning tajribasi va suhbat natijalariga qarab belgilanadi).

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani Sebzor ko’chasi 52A, Norbekov biznes markazi 2-qavat!

Bog’lanish uchun